Amaldagi loyihalar

Единая веб-платформа для обнаружения рака груди и пневмонии по цифровым изображениям на основе применения технологии Artificial Intelligence.

Один из основных модулей информационной системы анализа рентгеновских и томографических изображений для ранней диагностики заболеваний на основе искусственного интеллекта.

Интеграция искусственного интеллекта для анализа и диагностики всех видов онкологических заболеваний.

Платформа Artificial Intelligence для изучения и диагностики рака молочной железы, принятия решений и назначения лечения на основе искусственного интеллекта.

Xatlov.uz axborot tizimi – «Xatlov.uz» axborot tizimi aholi o’rtasida patronaj tekshiruvlarini optimallashtirish, ayrim xavf guruhlariga mos keladigan shaxslarni aniqlash, tibbiy yordam ko’rsatish jarayonlarini va ayrim kasalliklar bo’yicha skrining tekshiruvlarini o’tkazishni raqamlashtirish maqsadida yaratilgan.

“Narkologik kasallar hisobini yuritish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi – Narkologik kasalliklarga chalingan va dispanser nazorati ostida bo’lgan bemor shaxslarning yagona elektron reyestri.

“Psixonevrologik kasallar hisobini yuritish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi – Ruhiy kasalligi bo’lgan va dispanser nazorati ostida bo’lgan bemor shaxslarning yagona elektron reyestri, davolanish tarixi.

“Kadrlar resurslarini boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, sog’liqni saqlash muassasalari tibbiyot xodimlarining yagona bazasini shakllantirish imkonini beradi. Tizimda shaxsning O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash sohasidagi ta’lim va mehnat faoliyatining barcha bosqichlari: universitetda bakalavr darajasida o’qish, magistratura universitetida o’qish yoki tegishli tibbiyot muassasalarida klinik ordinaturadan o’tish, mehnat faoliyati, ehtiyojlar asosida kadrlar resurslarini taqsimlash hisobga olingan.

«Muassasa pasportlarini ro’yxatdan o’tkazishning yagona tizimi» – Sog’liqni saqlash vazirligining muassasalari va tashkilotlarini pasport bo’yicha yagona ro’yxatdan o’tkazishni ta’minlaydi. Tizim muassasa, uning hududi, binolari, inshootlari, idoralari, aloqa vositalari va boshqalar to’g’risida to’liq ma’lumotlar jamlangan, muassasalarning pasportini ro’yxatdan o’tkazish uchun mo‘ljallangan yagona ma’lumotlar bazasidir.

«Yuqumli kasalliklarning elktron monitoringi» axborot tizimi, yuqumli kasalliklar o’choqlarini aniqlash, yuqumli kasalliklar gumon qilingan paytdan boshlab ularning turlari va toifalari bo’yicha hisobga olish, kasallik va bemorlarni davolanib chiqish faktlarini aniqlash uchun mo’ljallangan.

“Qon” AAT – bu donorlar va donorlikdan olib qo’yilgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini va donorlik qonini ro’yxatdan o’tkazish va tarqatish to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish tizimidir. Tizim butun mamlakat bo’ylab donorlarning, shu jumladan noyob qon guruhiga ega bo’lganlarning yagona hisobini yuritish, ro’yxatdan o’tish bosqichida allaqachon donorlikdan olib qo’yilgan shaxslarni chiqarib tashlash, shuningdek, donorlik qilish tibbiy jihatdan rad etilgan shaxslarni aniqlash va rad etish imkonini beradi.

Sog’liqni saqlash vazirligida qo’llaniladigan “Yagona tasniflagichlar va ma’lumotnomalar” AAT normativ-axborot ma’lumotnomalarni ishlab chiqish, joriy etish, saqlash va ulardan foydalanishda uslublar va axborot yagonaligini ta’minlaydi, barcha tizimlarning axborot muvofiqligini ta’minlagan holda ularning ishlash samaradorligini oshiradi.

“Tug‘ilish va o‘lim (shu jumladan, perinatal) holatlarini elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning birinchi antropologik va tibbiy ma’lumotlarini inobatga olgan holda, ularning hisobini yuritish, tug‘ruqdagi ayollarning holatini va tug‘ilishning patologik shakllarini kuzatish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuzaga kelgan o‘lim holatlarining barchasini hisobga olish imkonini beradi.

“Elektron poliklinika” – bu, tibbiy muassasalarning yagona elektron reyestriga ega bo’lgan, internet orqali oilaviy poliklinikalardagi vrach qabuliga yozilish imkoniyatini beruvchi va bemorning elektron ambulatoriya kartasini o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.

“TMEK” (tibbiy va mehnat ekspert komissiyasi) dasturiy majmuasi 16 yoshdan oshgan nogironlarni ro’yxatga olish va ularning hisobini yuritish uchun xizmat qiluvchi axborot tizimidir.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining idoralararo elektron hujjatlar almashinuvi tizimi – Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati va uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida yanada samarali faoliyat yuritish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, hujjatlar ijrosini nazorat qilishga xizmat qiladi, jamoaviy ish va kommunikatsiyalar uchun muhit hisoblanadi.

«Tez tibbiy yordamni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi» – aholidan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish, qabul qilingan qo‘ng‘iroqlarni xizmat ko‘rsatishning ustuvorligi bo‘yicha avtomatik ravishda tartibga solish, ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakatlanishini boshqarish va nazorat qilish, foydalanilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni hisobga olish, hodisalarning asosiy xarakteristikalari haqida ma’lumotlar bazasini yuritishga mo‘ljallangan.

««BEMOR. SSV.UZ» koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolovchi tibbiy muassasalar va boshqa ruxsat etilgan joylar monitoringi» axborot tizimi – bu, COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlarni kasalxonaga yotqizgan holda yoki ambulatoriya sharoitida davolashga mo‘ljallangan tibbiy muassasalar va boshqa ruxsat etilgan etilgan joylar ishini boshqarishni optimizasiya qilishga mo‘ljallangan axborot tizimidir.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-sayti www.ssv.uz – foydalanuvchilarga vazirlik va uning tarkibiy bo‘linmalari interaktiv xizmatlaridan foydalanish uchun yagona nuqtani taqdim etuvchi, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi to‘g‘risida tegishli va foydali ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyatini beruvchi korporativ resurs.